Besh yo‘lovchi salomatligi yomonlashgani uchun Pekin-Toshkent reysidan tushib qoldirildi

0
17
marta oʻqilgan

7-noyabrga o‘tar kechasi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY Pekin-Toshkent reysi Gansu provinsiyasining Lanchjou aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Upl.uz

Qo‘nishga yo‘lovchilar — O‘zbekiston fuqarolari A. S., M. M., D. A. hamda uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li — Rossiya fuqarolari salomatligi yomonlashgani sabab bo‘ldi. Samolyot yerga qo‘ngach, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng shahar klinik shifoxonasiga yotqizildi.

7-noyabr kuni erta tongda samolyot Toshkentga uchib ketdi.

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada bo‘lib, vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi.

Yo‘lovchilardan biri parvoz tafsilotlarni Facebook orqali bo‘lishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 40−45 yoshli erkaklarda parvoz vaqtida qon bosimi oshib ketgan, besh yoshli bolada esa tutqanoq kuzatilgan. Yo‘lovchi Uzbekitas Airways xodimlariga professionalligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting