Abdulloh Tohirov aloqaga chiqdi. U Andijon IIBga emas, uyiga qaytmoqda

0
30
marta oʻqilgan

Ikki hafta davomida qayerda ekani noma’lumligicha qolgan, qayerdaligini hatto IIB ham bilmagan Abdulloh Tohirov 8-oktabr kuni kechqurun ilk bor aloqaga chiqdi. Bu haqda uning otasi Dilmurod Tohirovga tayanib “Gazeta.uz” xabar berdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Uning so‘zlariga ko‘ra, Abdulloh taxminan 22:00 da unga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘yib yuborishganini ma’lum qilgan. Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi 20 yoshli Abdulloh 26-oktabr kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga chaqirilganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan edi.

“Men uni ko‘rmadim, u qo‘ng‘iroq qildi va uni Toshkentdan qo‘yib yuborishayotgani, uyga, Andijonga qaytayotganini aytdi. U yaxshi kayfiyatda edi, bosim o‘tkazilganga o‘xshamadi. U kim qo‘yib yuborganini aytmadi. Aytishni xohlamadi”, — dedi Dilmurod Tohirov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘g‘li Andijon viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga emas, balki aynan uyga qaytayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 26-oktabr kuni Abdulloh Tohirovning aybi bilan YTH sodir bo‘ladi. U Lacetti avtomobilini boshqarib kelar ekan, taxminlarga ko‘ra viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Ergashevga tegishli Nexia-2 mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etadi. Otasi ehtiyot qismlarini sotib olib, zararni qoplaydi. Biroq keyinroq Abdulloh tuman IIB xodimi kuzatuvida viloyat IIBga olib boriladi va shundan keyin hech kim uni ko‘rmaydi.

Blogerlar, OAVlar va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari, shuningdek, “Yoshlar ittifoqi” va “Adolat” partiyasi Abdulloh Tohirovni qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting