Respublika akusherlik va ginekologiya markazining 15 mlrd so‘mdan ortiq pullari talon-toroj qilindi

0
46
marta oʻqilgan

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”dagi kirdikorlar fosh etildi. Bir guruh mansabdorlar 15 mlrd soʻmdan ortiq pulni “uxlatib” ketgan. Ularga jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Foto: Gazeta.uz

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan tekshiruv oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

15 mlrd soʻmdan ortiq pul “oʻgʻirlangan”

Tekshiruvda markazning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, “Davr bank”ning Yunusobod filiali, “Ipak yoʻli” bankining Mirzo Ulugʻbek filiali xodimlari hamda “T.S”, “S.F” MChJlari mansabdor shaxslari, “X.U” va “S.P.” xususiy korxonalari rahbarlari noqonuniy daromad orttirish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, 2018 va joriy yilning oʻtgan davrida markazning jami 15,3 mlrd. soʻm pul mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Hozirda tergov ishlari boshlab yuborilgan

Hozirda “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting