Moskvadan Fargʻonaga uchayotgan samolyotda yoʻlovchi vafot etdi

0
11
marta oʻqilgan

Moskvadan Fargʻonaga uchayotgan samolyot bortida Oʻzbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda prokuratura vakiliga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Toby Melville/Reuters

Taʼkidlanishicha, 53 yoshli erkak parvozda yurak xurujidan vafot etgan. Uchuvchilar samolyotni shoshilinch ravishda Samara shahriga qoʻndirganda, yoʻlovchi allaqachon vafot etgan.

Xabarga koʻra, yoʻlovchining parvoz paytida mazasi boʻlmay qolgan. Samolyot uchib kelishi kutilgan Oʻzbekistondagi aeroportda tez yordam mashinasi shay kutib turgan.

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting