Toshkentda liderlik, ijodkorlik, innovatsiyalar boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi

0
13
marta oʻqilgan

Joriy yilning 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yoshlarda ijtimoiy faollikni shakllantirishning zamonaviy muammolari: liderlik, ijodkorlik, innovatsiyalar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi.

Foto: FLEDU.UZ

Konferensiya 3 ta shoʻba asosida tashkil etiladi.

  • “Yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish istiqbollari” mavzusia yoshlarning bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga mustaqil yondashuvi boʻyicha fikr-mulohazar yuritiladi.
  • “Yoshlarda innovatsion potentsialni shakllantirish imkoniyatlari” mavzusida yetuk mutaxassislar va iqtidorli yosh olimlar oʻzlari bajarayotgan va amalga tadbiq etilishi kutilayotgan innovatsion ishlanmalari, kashfiyotlari hamda yangi ilgʻor gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
  • “Liderlik psixologiyasining zamonaviy muammolari” muhokamasida yoshlarda liderlikni shakllantirish hamda ularda qaror qabul qilish, xodimlar bilan ishlash, ularni boshqarish koʻnikmalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar koʻrib chiqiladi. Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekistonda yosh kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Konferentsiyada ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar 9-noyabrga qadar 3 ta shoʻbadan biri boʻyicha oʻz taklif va fikr-mulohazalaringiz aks etgan maqolasini tashkilot manziliga joʻnatishi kerak boʻladi.

Konferensiya Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan tashkillashtirilmqoda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting