Toshkentdagi aeroportdan “Skvergacha“ 60 ming soʻmlik taksilar

0
38
marta oʻqilgan
Foto: TROLL UZ

Bloger Facebook ijtimoiy tarmogʻida kuni kecha Toshkent aeroporti tashqarisida turgan taksislar bilan boʻlgan noqulay vaziyat haqida yozadi. Postga 100 dan ortiq izohlar bildirilgani muammoning jiddiyligini anglatadi. Quyida blogerning boʻshidan kechirganlari:

“Aeroportimizni yaxshi koʻraman: Sizni eyforiya holatidan tezda chiqarish va achchiq real hayotga qaytishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud.

15 marta. 15 marta mendan “Taksi kerakmi?“deb soʻrashdi. Sanadim. Ular chiqishingiz bilan sizni har tomondan oʻrab olishadi va oʻzlarini filmlardagi narkotik sotuvchilari kabi tutishadi. Biz bilan kelgan koreyslar, turklar va umuman chet elliklar, ehtimol nimalar boʻlayotganidan hayratdadir. Inchxon yoki Otaturk aeroportidan uchib, Toshkentda qoʻngan odamlarning miyasidagi kontrastni tasavvur qila olasizmi? Eng muhimi, ushbu muammoni hal qilish mutlaqo qiyin emas: aeroport hududida rasmiy taksi xizmatini tashkil qilish va bino ichida kutish zalini yaratish kifoya. Ammo bu Oʻzbekiston-ku…

Aytgancha, immigratsiya va bojxona xizmatlari qanchalik tez ishlay boshlaganini eʼtirof etish joiz. Bu quvontiradi. Ularga rahmat. Oʻzgarishlar katta.”

Postga qoldirilgan izohlarning birida foydalanuvchi aeroport tashqarisida turgan tasilarning haddan ziyod qimmat ekanligini va aeroportdan “Skver“ga (Amir Temur hiyoboni) yetib olish 60 ming soʻm yaʼni Toshkent – Samarqand yoʻnalish taksilari narhlari bilan deyarli barobar ekanligidan noligan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting