Farg‘onada Kamaz urib yuborgan piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi

0


Noma’lum haydovchi avtomashinasida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanining Besholish mahallasida piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qoldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar beradi.

Natijada 1977-yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur yo‘l-transport hodisasini shu tumanda yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro Kamaz-5511 rusumli avtomashinada sodir etgani aniqlandi.

Gumonlanuvchi ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.