O‘zbekiston masjidlarida azonni ovoz kuchaytirgichda aytish to‘xtatilgani haqidagi xabarlarga musulmonlar idorasi munosabat bildirdi

0
106
marta oʻqilgan

Namangandagi masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar orqali aytish to‘xtatilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi munosabat bildirdi.

krp 093
Foto: Daryo.uz

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bu voqeaning kelib chiqish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida Namangan viloyati vakilligi mutaxassislari bilan bog‘langan.

Ushbu viloyat vakilligi mas’ul xodimlari va mazkur hududdagi jome masjidlar imom-xatiblari Namangan shahridagi masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar orqali aytish to‘xtatilgani haqidagi xabar mutlaqo yolg‘on hamda asossiz ekanini qat’iy ta’kidlagan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting