Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

0
66
marta oʻqilgan

20-noyabr 2019/2020-o‘quv yilida OTMlar bakalavriatiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan) abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati etib belgilandi.

Foto: qalampir.uz

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy Telegram-kanalida xabar qilinishicha, bu O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 21-oktabrdagi qarorida o‘z aksini topdi.

Qarorni qabul qilishda ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlari inobatga olindi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting