O‘zbekiston Rossiyadan “Tayfun” zirhli avtomobillarining katta turkumini xarid qildi

0
22
marta oʻqilgan

Oʻzbekiston Rossiyadan “Tayfun” zirhli avtomobillarining katta turkumini xarid qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa-sanoat kompleksidagi manbaga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

“Oʻzbekistonga 4×4 ʼTayfunʼ zirhli avtomobillarining katta turkumini yetkazib berishga shartnoma imzolandi. Mazkur harbiy texnikani yetkazish shu yil boshlanadi”, — dedi agentlik manbasi.

Oʻzbekiston 2019-yilda Rossiyaning BTR-82A zirhli tashuvchilari, “Tigr” zirhli avtomobillari, “Sopka-2” radiolokatsiya stansiyasini sotib olgandi. Shuningdek, mamlakatga 12 ta Mi-35M transport-harbiy vertolyotlarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma ham imzolangan.

Maʼlumot uchun, “Tayfun” kuchaytirilgan himoya qatlamiga ega zirhli avtomobillar oilasiga mansub boʻlib, ilk bor 2011-yilda poligonda namoyish etilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting