Yevropa Ittifoqi Brexitʼni 31-yanvarga qoldirdi

0
9
marta oʻqilgan

27 mamlakatdan iborat Yevropa Ittifoqi Brexitʼni 2020-yil 31-yanvargacha qoldirdi. Ushbu qarorni yozma ravishda tasdiqlash qoldi xolos. Bu haqda Yevropa Kengashi rahbari Donald Task oʻzining tvitterida maʼlum qildi.

krp 092

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqish muddatini 31-oktyabrdan 31-yanvargacha kechiktirish istagini bildirgan edi. Talabning sababi, Brexit shartnomasi hali tasdiqlanmaganligi edi.

Yevropa Ittifoqi Buyuk Britaniyaning ittifoqdan chiqishini 31-yanvargacha uzaytirish haqidagi iltimosini qabul qilishini aytdi. Hozirgi vaqtda ushbu qarorni yozma tartibda rasmiylashtirish kutilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting