O‘zbekistonda bitiruvchilarining 100 foizi OTMga kirgan maktablarda o‘quvchilar imtihonga qanday tayyorlangani ma’lum bo‘ldi

0
47
marta oʻqilgan

O‘zbekistonning turli hududlarida bitiruvchilarining barchasi (100 foiz) OTMga kirgan maktablar talaygina, deb xabar qildi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

krp 092
Foto: Facebook

Vazirning aytishicha, yaxshi natija ko‘rsatgan maktablar quyidagi ishlarni amalga oshirgan:

  1. O‘quvchilarni OTMga kirishga motivatsiya qilgan;
  2. 2—3 yil avvaldan o‘quvchining qaysi OTM yo‘nalishiga moyilligi borligini aniqlashga harakat qilganlar va maqsadli ravishda tayyorgarlik ko‘rgan;
  3. Har oyda yoki har 45 kunda OTMga topshiradigan fanlari bo‘yicha ichki imtihon/test o‘tkazib bolalarning tayyorgarlik holatini baholab turganlar. Ba’zilari o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib DTM bilan shartnoma ham qilib bunday testlarni tashkil qilgan;
  4. Hujjat topshirganda 3 ta OTMni tanlaganda kirish qiyin bo‘lgan OTMlardan tashqari, bitta kirish osonroq bo‘lgan OTMni ham tanlagan.
  5. Eng ko‘p dars soatlarini aynan yuqori natija ko‘rsatgan malakali o‘qituvchilarga ajratganlar, ulardan ortsagina boshqa o‘qituvchilarga. Ya’ni yuqori malakali o‘qituvchilarning bilim va tajribalaridan kengroq foydalanish bilan birga ularga eng yuqori oylik va moddiy rag‘batlantirish berish choralarini ko‘rgan.

Sherzod Shermatov, shuningdek, bitiruvchilarining birontasi ham Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan maktab rahbariyati faoliyatiga tanqidiy baho berib, ushbu maktablar keyingi yil birinchi bo‘lib attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tishini aytib o‘tgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting