Jizzax viloyati hokimining yangi o‘rinbosari va ikkita tumanga hokimlar tayinlandi

0
23
marta oʻqilgan

26-okyabr kuni Zarbdor tumanida oʻtkazilgan navbatdagi sessiyada tuman hokimi etib 2013-yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi boʻlib ishlab kelayotgan Roʻziyev Zafar Sharopovich tayinlandi, deya xabar qildi Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati.

Oybek Ashurmatov.

Shuningdek, Jizzax viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda shu paytgacha Zarbdor tumani hokimi boʻlgan Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Oybek Ashurmatov Zarbdor tumani hokimi sifatida 2018-yil 13-avgustdan buyon ishlab kelayotgan edi.

Mahmud Xolbutayev.

Sharof Rashidov tumani hokimligida oʻtkazilgan navbatdagi sessiyada esa Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Zoir Mirzayev oʻrniga 2018-yilning 29-oktabrdan buyon Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlab kelayotgan Xolbutayev Mahmud Parsamatovich tuman hokimi sifatida tanishtirildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting