Yunusobod hokimi o‘rinbosariga ochilgan jinoyat ishi tafsilotlari ma’lum qilindi

0
57
marta oʻqilgan

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi avvalroq poraxo‘rlik uchun qo‘lga olingan Toshkentning Yunusobod tumani hokimining kapital qurilish, kommunal xo‘jalik, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Erkin Zohidovga nisbatan jinoyat ishi tafsilotlarini ma’lum qildi.

Foto: Gazeta.uz

Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning xabar qilishicha, Erkin Zohidov 10 oktyabr kuni taxminan 21:00 da o‘z xizmat xonasida fuqaro R.Mamatqulovdan pora tariqasida 5 ming AQSH dollari miqdorida pul mablag‘larini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Xizmat xonasi ko‘zdan kechirish jarayonida uning ish stoli tortmasidan 5 ming dollar hamda o‘zining nomiga Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta band qilinganini tasdiqlovchi hujjat aniqlanib, bayonnoma asosida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan 11 oktyabr kuni Erkin Zohidovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi (ta’magirlik yo‘li bilan pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini davom ettirish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. 12 oktyabr kuni hokim o‘rinbosari gumondor sifatida ushlangan.

Bosh prokuratura Rrkin Zohidovning uyidan 1,5 mln dolar va Maldiv orollariga aviachipta aniqlanmagani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting