Yoga, yahta va “Chelsi“ dan keyingi boʻshliq: The Telegraph Abramovich qanday qilib quvgʻinda yashayotgani haqida

0
17
marta oʻqilgan

Buyuk Britaniyaning Roman Abramovichning vizasini uzaytirmaganidan beri bir yarim yil va “Chelsi“ning mamalakat ichidagi 42 ta oʻyini oʻtdi. The Telegraph gazetasi milliarderning qanday qilib Angliyadan “ixtiyoriy ravishda surgunda“ yashayotganini oʻrganib chiqdi.

23erD2

Rossiyaning eng badavlat kishilari oʻntaligiga kiruvchi Roman Abramovichning “suzuvchi qasri“, xuddi oʻzi kabi shoshilmayapti. Avgust oyida langar tashlangan Xorvatiyaning Dubrovnik shahri, biznesmenni “olovli marjon tomlari“ bilan kutib oldi.

Adriatik dengizining shimoliy qismidagi Zupa koʻrfazi – Abramovichning yozgi taʼtil uchun tanlagan joylaridan biri, deb yozadi gazeta. Koʻp yillar davomida Abramovich “eski shahar“ da ovqatlanib, keyin London klubining ilk oʻyinlarini tomosha qilish uchun suzgan.

Ammo Buyuk Britaniya Abramovichning vizasini 18 oyga uzaytirmadi va 42 “Chelsi“ning uy oʻyinlarini oʻtkazib yubordi. Bloomberg oʻtgan yilning kuzida rus milliarderini viza olmaganidan buyon Londonda koʻrmaganligini yozdi.

Abramovich Britaniyaga vizani rasmiylashtirishdan bosh tortgandan keyin olgan Isroil pasportidan foydalanib, Buyuk Britaniyaga bemalol kelishi mumkin edi (Isroil pasporti Buyuk Britaniyada 90 kundan 180 kungacha yashash huquqini beradi), deya taʼkidlaydi The Telegraph. Biroq, u Britaniya va Rossiya oʻrtasidagi mojaroda “garov zarariga“ aylanganini his qilmoqda.

Gazeta manbaalarining aytsihicha, milliarder soʻnggi 18 oy ichida hech qaysi Britaniya rasmiylari bilan bogʻlanmagan.

Shu bilan birga gazetada taʼkidlanishicha, Abramovich badiiy koʻrgazmalardan, operaga borishdan va yoga bilan shugʻullanishdan charchamaydi. Iyun oyida Abramovich Sochida “Kinotavr“ kinofestivalida koʻrinish berdi. Shunday qilib, milliarder “Chelsi“ dan qolgan boʻshliqni toʻldirishga harakat qilmoqda“, deyiladi maqolada. Yaqinda Abramovich shaxsan Yevropa ligasining Bokuda boʻlib oʻtgan “Chelsi“ “Arsenal“ ni magʻlub etgan uchrashuvgagina tashrif buyura oldi.

Ammo gazeta milliarderni “uning antisemitizmga qarshi kurashga tobora sodiqligini“ asosiy xobbisi deb biladi. Oʻtgan yilning oʻzida u yahudiylarning xayriya fondlariga oʻnlab million funt ajratishga vaʼda bergan va har fursatda bu jarayonga “Chelsi“ ni jalb qilgan. Isroillik lobbichi Lord Polak Abramovich bilan VIP zonada “Antisemitizmga qarshi“ shiori ostida oʻtkazilgan “Chelsi“ xayriya oʻyinini qanday oʻtirganini esladi. Gazeta bilan suhbatida Polak, “Men, boshqalar kabi, uni koʻrganimda juda hayron boʻldim. U uchun bu masala [Chelsi] naqadar muhimligini koʻrsatadi” dedi.

Ayni vaqtda tahminlarga koʻra milliarder London klubini sotish masalasini koʻrib chiqmoqda. Gazeta Abramovichga qarshi qaratilgan koʻplab takliflar haqida ham eslab oʻtadi. Abramovichning oʻzi esa 12 yildan ortiq hech kimga intervyu bermadi. Bloomber uni rus boylari tarixidagi “eng maxfiy boy“ deb ataydi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting