Nemis kompaniyasi ish kunini 5 soatga qisqartirdi va qanday qilib ish samarasini yoʻqotmadi?

0
35
marta oʻqilgan

The Wall Street Journal“ nashri “Rheingans Digital Enabler“ nemis kompaniyasining xodimlari 2017-yildan beri kuniga besh soat ishlashayotgani va maoshlarini toʻliq olib, ish samarasini yoʻqotmagani haqida yozadi.

Foto: U.S. – The Wall Street Journal

Bularning barchasi bir necha yil oldin nemis tadbirkor Lasse Reyngans ishlayotganda koʻp vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda va hamkasblari bilan muloqotga sarflayotganini payqaganidan boshlandi. Bu uni ishidan chalgʻitib, tez-tez ofisda qolib ketishiga natijada esa oilasi bilan kamroq koʻrishishiga sabab boʻldi.

2017-yil oxirida Reyngans konsalting firmasini sotib oldi. Kompaniyaning egasi boʻlib, u atrofdagilarning fikriga koʻra “radikal“ gʻoyani taklif qildi. U ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlab, ish kunini sakkiz soatdan besh soatgacha qisqartirdi. Xodimlar shartlarga koʻnishdi va uch yildan buyon kompaniya ushbu rejimda muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.

Kompaniyada ish kuni ertalab 8:00 dan 9:00 gacha boshlanadi. Besh soatdan keyin ofisda High5 (“5 tashla“) va Feierabend (“Yakunlash vaqti“) soʻzlari yozilgan belgi paydo boʻladi. Xodimlar oʻz ishlarini tugatib, uylariga ketadilar.

Boshqa barcha kompaniyalar odatda sakkiz soatdan ishlaganligi sababli, “Rheansans Digital Enabler“ning bir nechta xodimlari baʼzan tushlikdan keyin ham ofisda qoladilar. Boʻlim boshligʻi baʼzan xaridorlarga: “Hey, kunduzi soat bir. Xayr!”, deya ish vaqtining tugaganiga imo ham qilib qoʻyadi. Soʻnggi vaqtlarda esa odamlar kompaniyada boʻsh ish oʻrinlari bor-yoʻqligi bilan ham qiziqib qolishgan.

Samaradorlik borasida Reyngansning taʼkidlashicha, bu vaqt ichida kompaniya samaradorlikning maksimal darajasida faoliyat olib bormoqda va xodimlar ham bundan xursand. Moliyaviy koʻrsatkichlar nuqtai nazaridan, 2018-yilda kompaniya foydaga kirgan.

“Hammamizda shunday boʻlgan: biz ofisda oʻtirib, kuch-quvvatimizni Facebook lentasini varaqlash uchun oʻtkazamiz, ammo bu yordam bermaydi. Mening fikrimcha, ishning dastlabki besh soatida yaxshilab ishlab, keyin oʻzimizga vaqt sarflashimiz kerak“, deydi Reyngans.

U korporativ madaniyat zarar koʻrmasligi uchun qoʻlidan kelganicha choralar koʻrmoqda. Besh soatlik ish kuni natijasida paydo boʻlgan boʻsh vaqtni xodimlar korporativ tadbirlarga sarflashadi. Reyngansning fikricha, bu juda oz vaqt birga ishlaydigan jamoani birlashtiradi.

Maqolada taʼkidlanishicha, ushbu yondashuv turli kompaniyalar uchun maqbul boʻlmasligi mumkin va boshqa kompaniyalar ish vaqtini samaradorlikni yoʻqotmasdan qisqartirishga harakat qilganlarida natija muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Biroq, Reyngansning ijobiy tajribasi boshqalar uchun foydali boʻlishi mumkin.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting