O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiev kubogi berilishi yo‘lga qo‘yildi

0
8
marta oʻqilgan

Xabaringiz bor, kecha kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi. O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan ushbu turnir ajoyib tarzda tashkil etilmoqda. Ochilish marosimi, tashkiliy jihatlariga professional tarzda yondoshilgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, xech qanday Olimpiada yoki jahon chempionatlaridan qolishmaydi. Ayniqsa, chempionatning eng yaxshi bokschisiga, Rufat Risqiev kubogining berilishi, federatsiya tomonidan yo‘lga qo‘yilgan eng ajoyib voqeylikdan biri bo‘ldi.

Foto: Sports.uz

Hakamlik borasida ham oldinga siljish bor. Ya’ni, kiyinish tartibi, umuman olganda barcha tomonlama qusur topishingiz amrimahol. Qolaversa, hakamlarning janglarni boshqarishi, ringdagi hatti-harakatlari ham yorqin taassurot qoldirdi. Bu borada ham boks federatsiyasi salmoqli ishlarni amalga oshirganligi ko‘rinib turibdi.

Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozim-ki, majmuada bir qator o‘zbek boksi faxriylarini ham ko‘rish mumkin edi. Albatta, keksalarga e’tibor juda ham muhim. Shu nuqtai nazardan tashkilotchilarning bu jihatga e’tibor qaratganligi ham tahsinga sazovordir. Bir so‘z bilan aytganda barchasi ideal ko‘rinish olgan. O‘ylaymizki, chempionat yakuniga qadar shunday ijobiy tarzdagi  yondashuv davom etadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting