Messi Ronaldu va Raulning rekordini takrorladi

0
8
marta oʻqilgan

“Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida safarda “Slaviya” klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi, deb yozadi “Daryo.uz” nashri.

Foto: Twitter

Uchrashuvda Kataloniya klubining ilk goliga Lionel Messi mualliflik qildi. Gracenote Live xabariga ko‘ra, “Slaviya” — Messi yevrokuboklar doirasida gol urgan 33-klub sifatida tarixga kirdi.

Natijada Leo Krishtianu Ronaldu va Raul qayd etgan rekordni takrorladi. Ikkala futbolchi ham avvalroq turli 33 xil klub darvozasini ishg‘ol qilishga ulgurgandi.

Shuningdek Opta’ning yozishicha, bu gol orqali Messi Chempionlar Ligasi tarixida ketma-ket 15 mavsum gol ura olgan ilk futbolchiga aylandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting