Mahalliy multfilmlarning 90 foizi telekanallarda namoyish etilmasligi ma’lum qilindi

0
31
marta oʻqilgan

“Oʻzbekkino“ Milliy agentligi huzuridagi “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK direktori vazifasini bajaruvchi, rejissor Dmitriy Vlasov Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan multfilm mahsulotlarining 90 foizi telekanallar orqali namoyish etilmasligini maʼlum qildi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

krp 077
Foto: O‘zA

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning “Bolajon” telekanali milliy multfilmlarga eʼtibor qaratmaydi.

“Bizda yaxshi animatsiyalar bor, 53 yildan beri oʻzbek multiplikatsiyasi ishlab kelmoqda. Ushbu davr ichida zoʻr filmlar ishlab chiqilgan. Koʻp filmlarni sanab chiqishim mumkin. 600—700 ta film bor. Ushbu ishlab chiqarilgan filmlarning 90 foizi telekanallar orqali namoyish etilmaydi“, — deydi rejissor.

krp 078
Foto: O‘zA

Mualliflik huquqi “Oʻzbekkino”ga qaraydi. Endi oʻylab koʻring. “Bolajon” davlat kanalimi? Demak, xalqning toʻlagan soligʻiga ishlaydimi va multstudiya ham? Demak, studiya xalqning puliga film ishlab chiqargan, “Bolajon” xalq puliga ishlangan filmlarni koʻrsatishi kerak xalqqa.

Dmitriy Vlasov, “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK direktori vazifasini bajaruvchi

krp 079
Foto: O‘zA

Rejissorning qayd etishicha, ishlab chiqarilgan 600—700 ta multfilmdan 200—300 tasi zamon talabiga javob beradi, sifatli filmlar. Biroq milliy mahsulotlar nazarga olinmaydi. Qoʻshni mamlakatlardan oʻzbek animatsiyasi kuchli.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting