My5 va Yoshlar telekanali dekabrda “Oltin kabutar” mukofotiga tanlov oʻtkazadi

0
360
marta oʻqilgan

Maʼlumki, dunyoda koʻplab nufuzli telekanallarning ijodkorlarni taqdirlaydigan oʻz tanlovlari mavjud. “Mening yurtim” (My5) va “Yoshlar” telekanallari Oʻzbekistonda ham ana shunday mukofotni yoʻlga qoʻyishga qaror qilishdi. “Oltin kabutar“ deb nomlangan ushbu tanlovda televideniye, sanʼat va madaniyat hamda kino sohasi vakillari taqdirlanadi.

krp 075
Foto: My5

2019-yilda samarali mehnat qilgan ijodkorlarni tantanali taqdirlash marosimi “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida 4-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

“Oltin kabutar”ning boshqa mukofotlardan farqi nimada? Qizigʻi, “Oltin kabutar” gʻoliblarini hakamlar hayʼati aniqlamaydi, aksincha ularni tomoshabinlarning oʻzi ovoz berish yoʻli orqali aniqlashadi. Buning uchun ishtirokchilar besh bosqichdan oʻtishlari lozim:

Birinchi bosqichda, har bir nominatsiya boʻyicha 20 nafardan nomzod keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etiladi va ovozga qoʻyiladi (1-15-noyabr);

Ikkinchi bosqichda eng koʻp ovoz olgan 10 nafar nomzod saralab olinadi va qayta ovozga qoʻyiladi (16-20-noyabr);

Uchinchi bosqichda eng koʻp ovoz olgan 5 nafar nomzod telekanallar orqali tomoshabinlarlarga taqdim etiladi va SMS ovoz berish yoʻli bilan ball yigʻiladi (21-25 noyabr);

Toʻrtinchi bosqichda eng koʻp ovoz olgan 3 nafar nomzod efir orqali tomoshabinlarlarga taqdim etiladi va SMS ovoz berish yoʻli bilan ball yigʻiladi (26-noyabr – 3-dekabr soat 22:00 gacha);

Soʻnggi bosqichda 3 nafar nomzodga SMS orqali berilgan ovozlar soni jamlanadi va gʻolib 4-dekabr kuni taqdimot marosimida eʼlon qilinadi.

“Oltin kabutar” mukofoti nominatsiyalari:

“Eng yaxshi milliy serial”
“Eng yaxshi aktyor”
“Eng yaxshi videoklip”
“Eng yaxshi estrada xonandasi”
“Eng yaxshi teleboshlovchi”
“Eng yaxshi telejurnalist”
“Eng yaxshi tok-shou”
“Eng yaxshi saundtrek”
“Eng yaxshi koʻrsatuv”

“Oltin kabutar“ning maxsus mukofotlari:

“Oʻzbek sanʼati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun”
“Oʻzbek televideniesi rivojiga qoʻshgan hissasi uchun”
“Eng yaxshi murabbiy”.

Bundan tashqari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Eng yaxshi konsert dasturi”, “Eng yaxshi rejissyor”, “Eng yaxshi badiiy film”, “Yil blogeri”, “Yilning eng faol yoshi”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi”, “Yil investori”, “Yilning eng yaxshi ixtirochisi”, “Yilning eng yaxshi arxitektori”, “Yilning eng yaxshi maqom ijrochisi”, “Yil rassomi”, “Yil shifokori”, “Yilning eng yaxshi tadbirkori” kabi ragʻbatlantiruvchi mukofotlar ham taqdim etilishi koʻzda tutilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting