O‘zbekistonlik taniqli futbol hakami vafot etdi

0
32
marta oʻqilgan

O‘zbekistonlik futbol hakami Gali Imomov vafot etdi, deb xabar beradi taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev.

krp 072
Foto: Google Images

Gali Imomov 69 yoshida Rossiyada vafot etgan. Imomov 1950-yil tavallud topgan. U o‘tgan asrning 90-yillarida o‘zbek futbolida hakam sifatida faoliyat olib borgan. Futbolchi sifatida esa “Yangiyer” jamoasida to‘p surgan. U ushbu jamoa bilan SSSR ikkinchi ligasida hududiy musobaqa g‘olibiga aylangan. Hakamlikdan keyin inspektor, O‘zbekiston futbol federatsiyasida esa musobaqalarni o‘tkazish bo‘lim boshlig‘i sifatida ishlagan.

Uning kuyovi Rafael Ilyosov esa Ravshan Ermatov brigadasi tarkibida 2010-yilgi Jahon Chempionati o‘yinlarida ishlagan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting