Olga Zabelinskaya Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

0
11
marta oʻqilgan

Olga Zabelinskaya 17−21 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida bo‘lib o‘tgan velotrek bo‘yicha 40-Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

krp 066
Foto: Match Tv

Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Xitoy, Hindiston, Eron, Janubiy Koreya, Singapur, Tailand, Kombodja, Gonkong, Indoneziya, Yaponiya, Myanma, Makao, Filippin, BAAdan sportchilar ishtirok etdi.

krp 067
Foto: MOQ

O‘zbekiston velopoygachisi 32 ochko to‘plagan holda guruh poygasida g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Janubiy Koreya sportchisi Na A Rim (28 chko), uchinchi o‘rinni esa Bo Yi Lyun (26 ochko) egalladi.

Terma jamoa hisobiga Behzod Rahimboyev ham medal olib keldi. Guruh poygasida ochkolar bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting