“Ahmoq bo‘lma”. Kreml Trampning Erdo‘g‘anga yo‘llagan maktubidan hayratda

0
39
marta oʻqilgan

Kreml AQSh prezidenti Donald Trampning Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga yo‘llagan maktubi uslubiga izoh berdi. Ushbu maktub Suriyaning shimolida turk operatsiyasi boshlangan kuni yo‘llangan edi.

Foto: PT Jornal

“Bu juda g‘alati xat, ammo AQSh davlat rahbarlarida bunday murojaat usuli uchrab turadi”, – deya ta’kidladi Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

CNN ixtiyorida bo‘lgan maktubda Tramp Erdo‘g‘anni “ahmoq va qo‘pol odam bo‘lmaslikka” chaqirgan va kurdlar bilan bitim tuzishni taklif qilgan.

Amerika telekanalining ta’kidlashicha, Tramp Erdo‘g‘anga 9-oktabr kuni Suriyadagi harbiy operatsiyasi bilan “ahmoqlik qilmaslik” va “butun dunyoni tashvishga solmaslik” kerakligini o‘z xatida bayon qilgan.

Shu bilan birga, CNN muxbirining ta’kidlashicha, Oq uy vakili Stefani Grisham uning haqiqiyligini tasdiqlagan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting