Ichki ishlar xodimi kaltaklanayotgani aks etgan video tarqaldi. IIV hodisa qachon va qayerda bo‘lganiga oydinlik kiritdi

0
58
marta oʻqilgan

IIV ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimiga nisbatan fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilayotgani aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, voqea 2018-yilning avgust oyida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Sharilloq” mahallasi hududida sodir boʻlgan.

Voqea tavsilotiga koʻra, hududning profilaktika inspektori jamoat tartibini buzayotgan mast holdagi uch nafar fuqaroni tinchlantirish jarayonida, shu atrofda boʻlgan ayrim shaxslar tomonidan faol qarshilikka uchragan va unga nisbatan bir guruh fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilgan.

Huquqbuzarlik sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan, oʻrnatilgan tartibda qatʼiy qonuniy choralar koʻrilgan. Vazirlik xabarida aynan qanday qonuniy choralar koʻrilganiga aniqlik

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting