O‘zbekiston—Janubiy Koreya savdo aylanmasi hajmi 1,8 mlrd dollarni tashkil qildi

0
15
marta oʻqilgan

16-oktabr kuni “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” 12-hamkorlik forumida ishtirok etish uchun Nur-Sulton shahriga kelgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Vazirlar joriy yil 18—21-aprel kunlari prezident Mun Chje Inning O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralari doirasida erishilgan ko‘p qirrali kelishuvlarni bajarishning borishini ko‘rib chiqdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning o‘suvchan ahamiyati mamnuniyat bilan qayd etildi. 2019-yilning birinchi yarmida savdo aylanmasi hajmi 1,8 milliard AQSh dollarini tashkil qilib, bu o‘tgan yilning ayni shu ko‘rsatgichidan 75 foizga ko‘proq.

Uchrashuvda qo‘shma investitsiya hamda ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishni davom ettirish mexanizmlari, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi jabhalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting