Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov va yana ikki san’atkorning litsenziyasi qaytarib berildi

0
362
marta oʻqilgan

Ayrim sabablarga ko‘ra «O‘zbekkonsert» tomonidan litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilgan san’atkorlar Jahongir Otajonov, Abdulla Qurbonov, Shahlo Ahmedova va Halima Ibragimovaga ijodiy faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berildi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bu haqda chorshanba kuni «O‘zbekkonsert»da bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda ma’lum qilingan.

«Ular bundan buyon o‘z ijodlarini rivojlantirish va xalqimizga astoydil xizmat qilishlarini ma’lum qilganliklari sabab ularning vaqtincha olib qo‘yilgan va tugatilgan litsenziyalarini qaytarganligimizni ma’lum qilamiz», – dedi muassasa direktori Odiljon Abduqahhorov.

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting