Viktoriya ko‘lida cho‘milayotgan tanzaniyalik bolakayni timsoh yeb qo‘ydi

0
16
marta oʻqilgan

Do‘stlari bilan Viktoriya ko‘lida cho‘milayotgan tanzaniyalik 12 yoshli bolakayni timsoh yeb qo‘ydi. Bu haqda The Citizen nashri xabar berdi.

Foto: Rambler News

11-oktabr kuni Magesa Biseko do‘stlari bilan Viktoriya ko‘lida cho‘milayotgan bo‘lgan. Bolalar ko‘lning o‘rta qismga tashlangan shishani birinchi olish uchun kurashishgan.Shu payt timsoh suvga sakrab tushib, bolani ushlab olgan.

Xabarga ko‘ra, Bisekoning do‘stlari nima bo‘lganini tushunmay qolib, tez yordam chaqirish uchun yugurishgan, biroq juda kech qolishgan.

Bisekoning tanasi qoldiqlari 13-oktyabr kuni bolalar cho‘milgan joy yaqinida topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab Sharqiy Afrikaliklar ko‘llar va daryolar yaqinida joylashadilar va har kuni timsohlarning hujumiga duch kelishadi. Sudralib yuruvchilar erkaklarga baliq ovlashganda, ayollarga esa idishlarni yuvish va daryolardan suv olayotganida hujum qiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting