Buyuk Britaniya – O‘zbekiston Ta’lim haftaligi o‘tkazilmoqda

0
30
marta oʻqilgan

15-17-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan UK-Uzbekistan Education Week Uzbekistan – bu dunyo miqyosidagi ta’lim sohasidagi yetakchi mutaxassislarni, ta’lim siyosati vakillari va sohadagi amaliyotchilarni birlashtirish imkoniyatidir. Loyiha Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus Ta’lim Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El Yurt Umidi” jamg‘armasining ushbu qo‘shma tashabbusidir.

“Study UK 2019 Uzbekistan” ko‘rgazmasida Buyuk Britaniyaning 8 ta universitetlarini birlashtirgan ta’lim ko‘rgazmasidir. Ko‘rgazmaning maqsadi mahalliy talabalar, universitet xodimlari va boshqa manfaatdor tomonlarni Buyuk Britaniyadagi turli xil ta’lim imkoniyatlaridan boxabar etishdir. Britaniya ta’lim muassasalari vakillari bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlari, masofaviy ta’lim imkoniyatlari, stipendiyalar, shuningdek, turli mutaxassisliklar bo‘yicha malaka oshirish kurslarini taqdim etadilar.

“Oliy ta’limda ingliz tilining roli va bitiruvchilarning ishga joylashishiga ta’siri” mavzusidagi konferentsiya (16-17-oktyabr) Britaniya Kengashining joriy yilda ishga tushirilgan yangi “Oliy ta’lim va ish bilan ta’minlash” mintaqaviy dasturining bir qismidir. Ushbu loyiha Janubiy Kavkazda (Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya), O‘rta Osiyo mintaqasida (Qozog‘iston, O‘zbekiston), Ukraina va Turkiya mamlakatlarida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Anjuman uchta strategik muhim forumning birinchisi bo‘lib, xalqaro miqyosda o‘sib borayotgan ehtiyojga javoban oliy o‘quv yurtlarining imkoniyatlarini qanday oshirishimiz mumkinligini o‘rganishga qaratilgan. U global bilimlar iqtisodiyotida o‘z muhim ahamiyat kasb etib, o‘qituvchilar, talabalar va xodimlarning ingliz tilini rivojlantirish orqali chegaralararo tadqiqotlar sohasida hamkorlikka undaydi.

Bundan tashqari, konferensiyada ingliz tilini mintaqadagi va xalqaro miqyosda tutayotgan o‘rni kengroq ko‘rib chiqiladi. Universitet darajasidagi muammolarni hal qilishda yordam berish, yuqori darajadagi bilimlarni taqdim etishda mavjud bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun qanday vosita sifatida foydalanish mumkinligi va boshqa mavzular ko‘rib chiqiladi.

Ta’lim muassasalari va ish beruvchilarning talablari hamda bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi va daromad olish potentsialining oshishi konferentsiyaning asosiy mavzularidan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting