Yulduz Usmonova Moskvada katta kontsert beradi

0
29
marta oʻqilgan

Oʻzbek estradasi primadonnasi Yulduz Usmonova 13-noyabrda Moskvadagi Krokus Siti Xollda katta konsert beradi.

Foto: yulduz.uz

Xonanda “Men seni sevaman” nomli yubiley dasturini taqdim etadi. Konsertda toʻqqiz tilda qoʻshiqlar ijro etiladi.

Usmonova yangi (“Qizgʻaldogʻim”, “Binafsha”, “Ey aziz inson”) hamda barchaga sevimli boʻlib qolgan (“Yalo demasmaney”, “Sanamginam”, “Men sen bilan qirolichaman”, “Nastarin”) qoʻshiqlarini kuylaydi.

Yulduz Usmonova konsertiga koʻplab taniqli artistlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting