Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

0
8
marta oʻqilgan

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bokuga kelgach, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab oldilar. Mamlakatlar yetakchi kompaniyalari va tadbirkorlari darajasida ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki tomonlama hukumatlararo komissiya faoliyatini jonlantirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

Ilhom Aliyev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlar kengashiga qo‘shilgani bilan tabriklab, bu, shubhasiz, ikki tomonlama munosabatlarni, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi.

Davlat rahbari sammit yuksak darajada tashkil etilganini alohida ta’kidladi va Ozarbayjonning tashkilotda muvaffaqiyatli raislik qilishini tiladi. Uchrashuv yakunida prezidentlar ko‘p asrlik do‘stlik va strategik sheriklikka asoslangan O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun Bokuga keldi. Sammitning asosiy tadbirlari 15 oktyabrga mo‘ljallangan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting