Rossiyada Fergana News agentligi butunlay bloklandi

0
11
marta oʻqilgan

Roskomnadzor so‘nggi 2 hafta davomida Fergana News axborot agentligini taqiqlangan domen nomlari, saytlar yoki sayt sahifalari ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda agentlik saytida ma’lum qilindi.

Korrespondentuz 0072
Foto: “Daryo”

Avvalgi ikki bloklanish muayyan sahifalarni, xususan, migrantning metroda o‘z joniga qasd qilish usuli ko‘rsatilgan maqolani cheklash bilan bog‘liq edi.

Fergana News’ning ma’lum qilishicha, tahririyat bloklanish haqida ogohlantirilmagan. Ayni paytda agentlik yana hech qanday sabablar ko‘rsatilmasdan butunlay bloklangan.

Bu haqda taqiqlangan saytlar reyestri ham guvohlik bermoqda. Unda sayt 10-oktabr, payshanba kunidan beri bloklanganligi ko‘rsatilgan.

“Biz o‘z navbatida Roskomnadzordan na ogohlantirish, na biror maqolani o‘chirish haqida ogohlantirish olmadik”, —deb ta’kidlagan OOO “Informagentstvo Fergana.Ru” asoschisi va bosh direktori Daniil Kislov.

Fergana News agentligi 1998-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘rta Osiyo haqida yozadigan OAVdir.

Eslatib o‘tamiz, saytga kirish 1-oktabr, seshanba kuni “Axborotlashtirish, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to‘g‘risidagi” qonunning 15.1-moddasiga asoslanib cheklab qo‘yilgan. Agentlik vakillari saytning ogohlantirishsiz bloklanganiga izoh talab qilib, Roskomnadzorga so‘rovnoma yuborgandi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Fergana News bloklanganidan xavotirda ekanini bildirgan. 8-oktabr kuni esa sayt taqiqlangan saytlar ro‘yxatidan chiqarilgandi.

Fergana News O‘zbekiston hududida ham 2019-yil may oyiga qadar bloklangan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting