AOKA delegatsiyasi BAAda mamlakat rahbariyati vakillari bilan uchrashdi

0
19
marta oʻqilgan

Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat safarida bo‘lib turgan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi delegatsiyasi mamlakat rahbariyati vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik direktor o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilgan.

Foto: Saida Mirziyoyeva

Jumladan, safar doirasida BAA bosh vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

“Suhbat chog‘ida Shayx Sayf Ol-Nahayon O‘zbekiston xalqi va hukumatiga nisbatan chuqur hurmatda ekani hamda barcha sohalarda mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligini bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting