Komil Allamjonov: Jahongir Otajonovning qo‘shiqlarini oilam va farzandlarim bilan yaxshi ko‘rib tinglayveramiz!

0
59
marta oʻqilgan

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov o‘zining telegram shaxsiy kanalida xonanda Jahongir Otajonovga oilaviy muxlis ekanligini bildirdi. “Jahongir Otajonovning qo‘shiqlarini oilam va farzandlarim bilan yaxshi ko‘rib tinglayveramiz! Buning uchun shaxsan bizga lisenziya kerak emas!” – deya yozmoqda K.Allamjonov.

krp 060

Eslatib o‘tamiz, bugun “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida xonanda Jahongir Otajonovning lisenziyasini tugatish bilan bog‘lik masala ko‘rib chiqildi. “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Jamoatchilik kengashi o‘tkazilgan yig‘ilish bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qildi.

Xonanda o‘zining ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan bu kabi nomunosib harakatlari orqali Muassasa bilan tuzilgan lisenziya bitimi talab-shartlarini muntazam ravishda buzib kelayotgani aytilgan va Jahongir Otajonov nomiga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan lisenziyasi amal qilishi 2019-yil 14-oktyabr kunidan tugatilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting