AQSh hukumati Telegram kriptovalyutasini taʼqiqladi

0
9
marta oʻqilgan

AQShning Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi (SEC) sud qarori orqali Telegram kompaniyasi tomonidan muomalaga chiqarilayotgan kriptovalyuta – Gramni vaqtincha taʼqiqladi.

Foto: Sputnik Oʻzbekiston

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu valyutaning 1,7 mlrd dollar qiymatga ega boʻlgan birinchi partiyasi – noqonuniy savdoga chiqarilgan. Manxetten sudi TON Issuer Inc. kompaniyasiga qarashli boʻlgan ikkita ofshor tuzilma faoliyatini cheklab qoʻygan.

Telegram asoschisi Pavel Durov AQSh hukumatining ushbu qarori uni hayron qoldirganini va nima uchun qaror sud orqali hal qilinganini tushunmaganini xabar qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2018-yilning yanvar oyidan boshlab Pavel Durov boshchiligidagi Telegram kompaniyasi Gram kriptovalyutasini muomalaga chiqarish uchun 171 nafar sarmoyadorlardan 2,9 milliard dollar mablagʻ yigʻgan edi. Ushbu mablagʻning 1 milliardi AQSh hududida yashayotgan 39 nafar sarmoyadorlardan olingan.

Pavel Durov 2019-yilning 31-oktyabriga qadar Gram kriptovalyutasini muomalaga chiqarishni vaʼda bergan va agar ushbu ish amalga oshmasa investorlar pullarini qaytarib berishni vaʼda bergan edi.

Internet-ombudsmen Dmitriy Marinichev RBKga xabar qilishicha, SECning ushbu hatti harakati Durov uchun “ajoyib sovgʻa” boʻladi. Marinichevning fikriga koʻra, Qimmatli qogʻozlar komissiyasi va sudlar hatti-harakati tufayli matbuotda paydo boʻlgan shov-shuv oxir oqibatda Gram kriptovalyutasi muomalaga chiqarilayotganini yanada kengroq reklama qiladi, uni “har bir amerikalik uy bekalari”gacha tanitadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting