Oksana Chusovitina sakkizinchi marta Olimpiadada qatnashadi

0
5
marta oʻqilgan

O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina 2020-yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda 44 yoshli sportchi o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

«Nihoyat sizga o‘zimning 8-marta Olimpiada tushganim haqida rasman xabar qila olaman. Barchangizga qo‘llab-quvvatlaganingiz va menga ishonganingiz uchun katta rahmat aytishni xohlardim. Biz buni birgalikda qildik», — deb yozdi u.

Sportchi O‘zbekiston uchun olimpiya medalini yutishni orzu qilmoqda.

«Men yetti bor Olimpiadalarda qatnashdim. Men Sobiq Ittifoq uchun oltin medalni qo‘lga kiritdim, men menga yordam bergan (o‘g‘lining davolanishi uchun) davlat — Germaniya uchun kumush medal yutdim. Biroq hech qachon O‘zbekiston uchun hech qachon medal yutmaganman. Mening orzuim — O‘zbekiston uchun olimpiya medalini yutish. Rio-de-Janeyrodagi O‘yindan keyin kar’eramni yakunlash-yakunlamaslikni o‘yladim, men yana qila olishimni, menda quvvat borligini o‘yladim. Men yana bir marta sinab ko‘rmasam, u holda umrimning oxiriga qadar bundan afsuslanaman, deb o‘yladim», — dedi u.

Oksana Chusovitina yetti bor (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) yozgi Olimpiadada ishtirok etgan holda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Sportchi SSSR, Germaniya (2006−2012) nomidan maydonga chiqqan, ayni vaqtda esa O‘zbekiston nomidan ishtirok etmoqda. Chusovitina — 1992-yili jamoaviy bahsda olimpiya chempioni, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan. U tayanib sakrashga ixtisoslashgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting