Xonanda Ozoda Saidzoda kechirildi va unga yana erkin ijod qilish imkoniyati taqdim etildi

0
280
marta oʻqilgan

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tarqatgan press-relizga ko‘ra, xonanda Ozoda Saidzoda (Nursaidova) shu yilning 10-oktabr kuni «O‘zbekkonsert»ga ruxsat beruvchi litsenziya so‘rab murojaat qilgan. Murojaat yuzasidan 13-oktabr, yakshanba kuni «O‘zbekkonsert»da san’atkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilgan.

krp 059
Foto: Kuz.uz

Davra suhbatida xonandaning bundan bir necha yillar oldin siyosiy xatoga yo‘l qo‘ygani, bilib-bilmay, asoslanmagan ma’lumotlarga ishonib, inson shaxsiyatiga teguvchi noo‘rin fikrlar bildirgani, bundan tashqari muxlislarga nisbatan hurmatsizlik qilgani, san’atkor odobi doirasidan chetga chiquvchi harakatlar sodir etgani ustozlar tomonidan qattiq tanqid qilingan.

Xonanda Ozoda Saidzodaning o‘zi ham so‘zga chiqib, xatolarini tan olib, jamoatchilik orasida o‘zining noo‘rin fikrlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali bayon etganidan astoydil pushaymon ekanligini bildirgan, prezident, xalq hamda barcha san’atkorlardan uzr so‘ragan.

Barcha ustoz san’atkorlarning fikrlari tinglanganidan so‘ng, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori O.Abduqahorov prezident Sh.Mirziyoyevning san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi, mehribonligi va kechirimliligi bois xonanda Ozoda Saidzoda kechirilgani hamda unga erkin ijod qilish imkoniyati yaratilganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, qator yillar «taqiq»da bo‘lgan san’atkorlardan Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova, Sevara Nazarxon va boshqalar Sh.Mirziyoyev prezident etib saylanganidan so‘ng yana teleekranlar va katta sahnalarga qaytishgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting