Markaziy bank xodimlariga qator taqiqlar joriy qilindi

0
16
marta oʻqilgan

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda senatorlar tomonidan ma’qullandi.

krp 058
Foto: Kommersant.uz

Qonunga yangi modda qo‘shilgan bo‘lib, unga asosan Markaziy bank xodimlariga quyidagilar man etiladi:

– haq to‘lanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mustasno;
– banklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish;
– o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab oshkor etish yoki undan foydalanish.

Manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan bu o‘zgarish, ma’lum bo‘lishicha, Belarus tajribasidan kelib chiqqan holda kiritilgan.

Shu bilan birga, endilikda Markaziy bank xodimlarini tadbirkorlik sub’yektlarining, shu jumladan kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valuta birjalarining, kredit byurolarining, banklar tomonidan autsorsingga topshirilgan xizmatlar va operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning, shuningdek konsolidatsiyalashgan tarzda nazorat qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish uchun jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunning yangi tahririga asosan, Markaziy bank boshqaruvi tarkibi 11 kishidan 9 kishiga kamaytirilmoqda, ulardan 2 nafari mustaqil a’zo bo‘lishi belgilanmoqda. Ya’ni MB boshqaruvi tarkibiga MB raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil a’zosi kiradi.

Mustaqil a’zolar MB raisining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

11 oktabr kuni Senatda ma’qullangan qonun prezident imzolab, rasman e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting