“Shakar narxining oshishi hech qanday asosga ega emas” — “O‘zbekoziqovqatxolding”

0
24
marta oʻqilgan

Ilgari Spot Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayangan holda shakar narxi qimmatlashayotgani va maksimal 7000 haqida xabar bergan edi.

sugar-770x490
Foto: ChiniMandi

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra shakarning minimal narxi 5 000 so`mdan boshlanib, maksimal narxi esa 7 000 so`mdan kuzatildi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK mazkur holatga munosabat bildirib, narx bo‘yicha ma’lumot noto‘gri ekanligini ma’lum qildi.

“Hozirgi kunda maxalliy Angren va Xorazm shakar zavodlarining ishlab chiqarish quvvati yiliga 800 ming tonna, respublikaning yillik extiyoji esa 700 ming tonnani tashkil etadi. Shuningdek respublika omborxonalarida import qilingan ortiqcha 80 ming tonna shakar sotilmay turibdi”, deyiladi kompaniya ma’lumotida.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan shakarning ulgurji narxi 4950 so‘mdan 5150 so‘mgacha savdo qilinmoqda. 2019 yil 10 oktyabr holatiga ko‘ra poytaxt va viloyatlar savdo markazlarida 1 kg shakarning chakana narxi 5200 so‘mdan 6000 so‘mgacha xech qanday cheklovsiz sotilmoqda.

Kompaniya shu sababli shakar narxining oshishi hech qanday asosga ega emasligini qayd etdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting