Milliy universitetida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi ochiladi

0
51
marta oʻqilgan

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Milliy universitetida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etiladi.

5 (2)

O‘zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyat 2017-yil 6-oktyabrda O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasida tuzilgan “O‘zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha Memorandum”ga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga PQ-3365-son Qaroriga muvofiq amalga oshirilib kelinmoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad quyidagilardan iborat:

  • intellektual mulk sohasiga oid konferentsiyalar, o‘quv seminar-treninglarni o‘tkazish, shuningdek ilmiy-metodik hamda axborot materiallarini tarqatish orqali jamiyatda intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish masalalarini tashviqot qilish hamda ommalashtirish;
  • ishlanmalar mualliflarining intellektual mulk sohasiga oid maxsus ma’lumotlar bazalari va boshqa axborot resurslaridan yanada kengroq foydalanishini ta’minlash;
  • intelektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foydalanish va huquqiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha maslahat berish;
  • ishlanmalar mualliflarining patent tadqiqotlarini o‘tkazishi, o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirishda patent ma’lumotlaridan foydalanishi uchun zarur ko‘nikmalar shakllantirish orqali ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirishdan iboratdir.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting