Efiopiya Bosh vaziri Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘ldi

0
9
marta oʻqilgan

Tinchlik bo‘yicha 2019-yilgi Nobel mukofoti 2018-yil 2-apreldan beri Efiopiya Bosh vaziri lavozimini egallab kelayotgan Abi Ahmad Aliga topshirildi.

700abu
Foto: Xabardor.uz

Norvegiya Nobel qo‘mitasi o‘z qarorini marosim paytida jonli efirda e’lon qildi. Qo‘mitaning ta’kidlashicha, Bosh vazir ushbu mukofotga, birinchi navbatda, Eritreya bilan chegara mojarosini hal qilishdagi qat’iyati, shuningdek, xalqaro hamkorlik va tinchlikka qo‘shgan hissasi uchun sazovor bo‘ldi.

Abi Ahmad Ali so‘nggi yigirma yil ichida Eritreyadagi hamkasbi bilan uchrashgan Efiopiyaning birinchi rahbari bo‘ldi. 2018-yil 8-9-iyul kunlari Abiy Ahmad Ali va Eritreya Prezidenti Isayas Afeverka ishtirokida sammit bo‘lib o‘tdi.

Sammitda tinchlik va do‘stlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Ziddiyatning pasayishi va mamlakatlar o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni tiklash, yer usti va havo aloqalarini ochish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa kanallarini barpo etish shular jumlasidandir.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting