“Ko‘k Anor ranglilar” “o‘zga sayyoralik”ka butun umrlik shartnoma taklif qilishga tayyorlanmoqda (futbol natijalari live)

0
266
marta oʻqilgan

Mobil telefoningiz yoki shaxsiy kompyuteringiz orqali har doim futbol olamida sodir bo‘layotgan qaynoq xabarlar bilan tanishib boring. Uchrashuvlarga oldi tahlillar, statistikalar, ligalardagi raqobat, to‘purarlar bahsiga oid ma’lumotlar bilan tanishing. Eng asosiysi, siz futbol natijalari live uchrashuvlar imkoniyati orqali barcha hisoblar bilan tanishishingiz mumkin. Bularning barchasi Fscore sport saytida mujassam!

Ommaviy axborot vositalaridan biri bergan ma’lumotlarga ko‘ra katalonlarning “Barselona”si argentinalik iqtidor sohibi Leo Messi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Manbaga ko‘ra, “Barsa” klubi rahbariyati Messini jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda 32 yoshli hujumchiga butun umrlik shartnoma taklif qilmoqchi. Shu o‘rinda klub rahbari kelgusi mavsumda Messi jamoani tark etmasligaga umid bog‘layotganini ta’kidlab o‘tdi. U bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Messida har mavsum yakunida “Barselona”ni tark etish imkoniyati bo‘lgan.

Foto: fscore.uz

“Messi 2020/21-yilgi mavsum oxirida jamoani tark etishi, shuningdek, faoliyatini tugatishi yoki boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Xuddi shunday shartlar Xavi, Inesta va Puyolning shartnomalarida ham ko‘rsatilgan. Ammo meni bu narsa umuman tashvishlantirmayapti, chunki u “Barselona”ga shunchalik sodiqki, u boshqa jamoaga o‘tish haqida umuman o‘ylamayapti ham”, – deydi Bartomeu o‘z intervyusida.

Shuni eslatib o‘tishimiz lozimki,  argentinalik yulduz sentabr oyida FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinining da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi. 

“Barselona” va La Ligadagi boshqa klublarning keyingi turdagi yurishlari (fscore.uz)

Shu o‘rinda, La Liga doirasida “Barselona”ni keyingi turda “Valensiya” bilan uchrashuv kutib turibdi. Ushbu uchrashuvda Messi va Suaresning maydonga tushishi so‘roq ostida turibdi. Agar ular maydonga tushadigan bo‘lsalar, rasmiy doirada Messi, Grizman va Suares uchligi birinchi marta birgalikda o‘yin o‘tkazayotgan hisoblanadilar. Ushbu tur doirasida, shuningdek, “Real Madrid” va “Levante” o‘zaro kuch sinashadilar. Quyida boshqa juftliklar va uchrashuv vaqtlari berilgan:

La Liga – 4-tur

  • 13.09.19  22:00 “Malyorka” “Atletik”
  • 14.09.19  14:00 “Real Madrid” “Levante”
  • 14.09.19  17:00 “Leganes” “Villareal”
  • 14.09.19  19:30 “Real Soseydad”- “Atletiko Madrid”
  • 14.09.19  22:00 “Barselona” “Valensiya”
  • 15.09.19  13:00 “Eybar” “Espanyol”
  • 15.09.19  15:00 “Alaves” “Sevilla”
  • 15.09.19  17:00 “Selta Vigo” “Granada”
  • 15.09.19  19:30 “Valyadolid” “Osasuna”
  • 15.09.19  22:00 “Real Betis” “Xetafe”

Ushbu mavsum davomida barcha chempionatlardagi eng asosiy voqealarni biz bilan birga kuzatib boring. fscore.uz sport sayti sizni barcha uchurashuvlar taqvimi, batafsil statistikalar, o‘yin oldi tahlillari, turnir jadvallari, jamoalar tarkibi va boshqalar haqidagi eng aniq va tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.  Biz bilan xatto futbol dunyosidagi eng kichik lahzani ham o‘tkazib yubormaysiz!

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting