Benedikt Kamberbatch ekologik faollarning noroziligiga qo‘shildi

0
6
marta oʻqilgan

Britaniyalik aktyor Benedikt Kamberbatch Trafalgar maydonida ekologik faollar bilan birga chiqish qildi, deya xabar beradi Daily Mail.

t-benedict-cumberbatch-equal-pay
Foto: Vanity Fair

U namoyishchilar bilan “bizning kelajagimiz” yozuvi bilan bezatilgan tobut oldida bir necha soatni o‘tkazdi.

Faollarning noroziligi havo transportining global iqlimga salbiy ta’siri bilan bog‘liq. Hukumat aeroportlarni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlayotganidan jamoatchilik o‘z noroziligini bildirmoqda. Shu munosabat bilan namoyishchilar parlament maydoni va Uaytxoll ko‘chasida qarorgoh qurishdi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hafta boshidan beri 800 kishi hibsga olingan.

Norozilikni qo‘llab-quvvatlagan taniqli shaxslar orasida model Daisy Loue, komik Rubi Veks va aktyorlar Juliet Stivenson va Mark Rilanslar ham bor.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting