Farg‘onadagi gilos bog‘idan bomba topildi

0
41
marta oʻqilgan

Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining bog‘idan 7-oktabr kuni aviatsiya bombasi topildi, deya xabar bermoqda “Postda.uz” nashri.

bomba-a7697aebb8
Foto: “Postda.uz”

Xabar berishlaricha, bomba “Turk” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Abduqodir” fermer xo‘jaligining gilos bog‘idan topilgan.

Qayd etishlaricha, topilgan bombaning uzunligi 94 santimetr, og‘irligi 150 kilogramm, shartli belgilari yo‘q. Voqea oqibatida hech kimga zarar yetmagan.

Bomba yo‘q qilish maqsadida harbiy qismga topshirilgan. Ayni vaqtda uning bog‘da paydo bo‘lib qolishi sabablari, xavflilik darajasini aniqlash yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting