AQSh Kongressmeni Trent Kelli: Biz O‘zbekisotonga Afg‘oniston uchun borayotganimiz yo‘q

0
20
marta oʻqilgan

AQSh Vakillar palatasining respublikachi a’zosi Jon Trent Kelli AQShning O‘zbekiston bilan Afg‘oniston uchun emas iqtisodiy hamkorik uchun yaqinlik qilayotganini bildirdi. Bu haqda u “Amerika ovozi” jurnalisti Navbahor Imamovaga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: Amerika Ovozi

Navbahor Imamova: Vashingtonda va boshqa joylarda, hatto Toshkentda ham Amerika O‘zbekiston bilan hamisha “sendan ugina, mendan bugina” qabilida hamkorlik qilgan, degan tahlil chuqur ildiz otgan. Ya’ni siz O‘zbekiston bilan muayyan maqsadlar uchun, masalan, Afg‘oniston borasida, ishlaysiz. Mintaqa sizga qayergadir o‘tish yoki yetish uchun kerak. Yondashuv juda pragmatik, uzoqni ko‘zlamaydi, deyishadi.

Trent Kelli: Shunday fikrlaganlar men bilan gaplashsin. Bu noto‘g‘ri tahlil. Men bu safar ham borsam, uch yildan beri har noyabr O‘zbekistondaman. Doimiy aloqadamiz. Visente Gonzalez bilan taklif qilgan rezolyutsiyam ham uzoq muddatli hamkorlikka undaydi. Biz ulkan tizimmiz. Kongressda 535 a’zo bor. 435 vakil, 100 senator. Balki ayrim hollarda qisqa muddatli maqsadlar ham bordir, lekin O‘zbekiston bugun Kongressda ishonchli do‘stlarga ega. Qolaversa, mana shtatlarning rahbarlari ham aloqa o‘rnatmoqda. Shtatlar siyosati va hamkorligi alohida. Ular Afg‘oniston uchun borayotgani yo‘q. Maqsad – iqtisodiy hamkorlik. Mississippi, masalan, O‘zbekiston bilan chuqur aloqa istaydi. Bizni tanqid qilayotganlar haqiqatni ko‘rmayapti, nazarimda.

Trent Kelli sifatida tanilgan Jon Trent Kelli – Missisipidagi amerikalik siyosatchi. Respublikachilar partiyasi a’zosi Kelli, Missisipi shtati Kongressining 1-okrugi vakili, AQSh Vakillar palatasi a’zosi. 2015-yil 2-iyundagi qo‘shimcha saylovlarda g‘alaba qozongan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting