“O‘zavtosanoat” startap-loyihalar uchun tanlov e’lon qildi

0
9
marta oʻqilgan

“O‘zavtosanoat” AJ UzAuto Market platformasida startap-loyihalar tanlovini e’lon qildi.

Foto: spot.uz

Ishlanmalar real, tijorat uchun maqbul va potentsial joriy qilishga tayyor bo‘lishi kerak.

Loyiha texnologiyasi foyda va iqtisodiy samaradorlik keltirishi kerak (xarajatlarni kamaytirish, jarayonlarni soddalashtirish va sotishni ko‘paytirish).

Sovrin jamg‘armasi 60 000 000 so‘m:

  • I o‘rin — 30 million so‘m
  • II o‘rin — 20 mln so‘m
  • III o‘rin — 10 million so‘m

20 ta eng yaxshi startap tanlab olinadi, ularning mualliflari loyihalarini joriy yilning 31 oktyabrida UzAuto Market innovatsion startap platformasi hududida taqdim etishlari mumkin.

Taqdimotlar natijalariga ko‘ra ekspertlar komissiyasi uchta eng yaxshi va istiqbolli loyihalarni tanlab oladi, ularning mualliflari asosiy sovrinlarning egalari bo‘lishadi.

Arizalar 28 oktyabrgacha qabul qilinadi. Arizani rasmiylashtirish uchun elektron arizani to‘ldirish va maxsus shakl yordamida g’oyani yuborish kerak. Komissiyaga o‘z loyihasining tayyor test namunasini taqdim etadigan tanlov ishtirokchilariga ustunlik beriladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting