Toshkentda jip trial bo‘yicha avtopoyga o‘tkaziladi

0
30
marta oʻqilgan

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Bektemir tumanidagi maxsus maydonda avtopoyga ishqibozlari ishtirokida jip trial bo‘yicha navbatdagi musobaqa o‘tkaziladi.
Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

jeep-trial-minsk 35
Foto: 4×4

Standart va ekstrim yo‘nalishlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqada g‘ildirak formulasi 4×4 bo‘lgan istalgan avto bilan qatnashish mumkin.

O‘zini avtopoyga ustasi deb bilgan, notekis yo‘llarda transport vositasini mahorat bilan boshqara oluvchi hamda kutilmagan vaziyatlardan uddaburonlik bilan chiqib keta oladigan mohir haydovchilar ushbu musobaqada ishtirok etishi mumkin.
Buning uchun 16-oktyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Musobaqa O‘zbekistondagi ekstrimal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting