Yana bir o‘zbekistonlik MMA jangchisi vafot etdi

0
33
marta oʻqilgan

Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik MMA jangchisi Bekzod Nurmatov “ACA 100” turniri yakunlangandan so‘ng vafot etgan. Sportchining yaqinlariga ko‘ra, marhumning jasadi 8-oktabr kuni O‘zbekistonga keltiriladi.

Nurmatov 4-oktabr kuni “Absolute Championship Akhmat 100” turnirida Beslan Isaevga qarshi kurashgandi.

“U jangdan keyin komaga tushgan va insult sabab vafot etgan”, deyiladi xabarda.

27 yoshni qarshilagan sportchi bugungacha 13 marta jangga kirib, 11 g‘alaba va ikki mag‘lubiyatdan iborat natijani qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval joriy yilning 11-sentabrida 23 yoshli MMA jangchisi Muslimbek Omonovning vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting