Andijon shahrida pedagoglar kaltaklandi

0
8
marta oʻqilgan

Joriy yilning 5-oktyabr kuni Andijon shahridagi 50-umumiy oʻrta taʼlim maktabida pedagoglar kaltaklangan. Bu haqda XTV matbuot kotibi maʼlum qildi.

Foto: xs.uz

“Maktabda soat 13:20 da maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sh.Oʻ. hamda Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi Gʻ.A. tomonidan kiyinish madaniyatiga rioya qilmagan va darsga kech qolgan matematika fani oʻqituvchisi D.Yu. ga ogʻzaki ogohlantirish berilganda ular oʻrtasida tortishuv kelib chiqqan. Tortishuv natijasida D.Yu. ularga turmush oʻrtogʻi bilan tahdid qilgan.

Soat 13:35 larda D.Yu. turmush oʻrtogʻi hamda uning doʻsti bilan maktabga bostirib kirib, maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sh.Oʻ. hamda Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi Gʻ.A. larni maktab kirish qismida temir tayoq bilan doʻpposlagan.

Shu paytda ularni ajratgan oʻqituvchilarni yomon soʻzlar bilan haqorat qilib, ularni ham doʻpposlashga uringan.

Ushbu holat boʻyicha zudlik bilan shoshilinch tez tibbiy yordamga hamda hududiy profilaktika inspektorlariga xabar berilgan.

Soat 14:00 da profilaktika inspektorlari voqea joyiga yetib kelgan, lekin D.Yu. ning turmush oʻrtogʻi hamda uning doʻsti hodisa sodir etilgan joydan ketib boʻlgan.

Jabr koʻrganlar shoshilinch tez tibbiy yordam navbatchi shifokorlari tomonidan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Andijon filialiga olib ketildi.

Shifokorlar xulosasiga koʻra Sh.Oʻ. miya chayqalishi, burun sinish, yuzining oʻng qismining koʻzi atrofi hamda oyoqlarining tizza qismi kattiq zarbada jarohatlangani, Gʻ.A.ning miya chayqalishi, burun va ikki tishi sinishi, badani hamda chap qoʻlini zarbadan qattiq jarohatlangani aniqlangan.

Barcha muolajalar oʻz vaqtida qilinganligi sababli hozirda jabrlanuvchilarning sogʻligʻi yaxshi holatda hamda doimiy shifokorlar nazoratida.

Andijon shahar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting