Namanganda hujjatlarni qalbakilashtirgan fuqaro davlatga 771 mln so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi

0
9
marta oʻqilgan

Kreditning to‘langani haqidagi hujjatni soxtalashtirgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Printsburg

“O‘zsanoatqurilishbank” Namangan filiali tomonidan “Axsin tex servis” MChJga 12 oy muddatga 1 milliard so‘m kredit ajratilgan. Kredit evaziga A.I.ga tegishli “Bobur avtonaqlservis” jamiyatiga qarashli 4 dona Howo, Shaanxi rusumli yuk mashinalari bank tomonidan garovga qo‘yilib, taqiq qilingan.

Namangan shahar iqtisodiy sudiga olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarilmagani haqida murojaat kelib tushgan va sud tomonidan kredit mablag‘ini majburiy undirish bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilingan. Fuqaro A.I. esa filial shtamp va muhrini qalbakilashtirib, soxta yozuvlar kiritib, kredit mablag‘lari to‘langani haqdagi hujjat tayyorlagani aniqlangan.

Shuningdek, A.I. taqiqqa olingan avtomashinalarni taqiqdan chiqarib, yuk mashinalarini sotib yuborgani aniqlangan. Oqibatda davlat manfaatiga 771 191 371 so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismi hamda 233-moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting