«Tabiiyki, men bu oylikka qoniqmayman» – Ozodbek Nazarbekov maoshi haqida gapirdi

0
63
marta oʻqilgan

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Foto: evertday.uz

Intervyuda Nazarbekov «Madaniyat vazirligining oylik maoshi O‘zbekistondagi eng talabgir, eng qimmat xonandasi bo‘lgan Ozodbek Nazarbekovga yetyaptimi?» mazmunidagi savolga javob berdi.

Madaniyat vazirligiga maosh uchun bormaganman. Xudoga shukr o‘z davrida yo‘lga qo‘ygan bizneslarim bor. Bugungi kunda oilamni, ro‘zg‘orimni eplab turishga yetadi. Avval kimlargadir moddiy yordam bergan bo‘lsam, bugun o‘zimning kundalik ehtiyojimni qoplayapti. Bundan nolimayman.

“Eng talabgir, eng qimmat xonandalardan biri” degan e’tibor bilan qaraydigan bo‘lsak, tabiiyki, men bu oylikka qoniqmayman. Inson iqtisodiy ta’minotiga qarab hayotini shakllantiradi. Hamma ham shunday. Kecha 2 million topayotgan odam ertaga 20 million topa boshlasa, 2 million topayotgan darajada yashamaydi. Shundan kelib chiqib bilish mumkinki, mening ham o‘tgan davrimda moddiy ta’minotimga qarab hayotim shakllangan. Lekin faqat iqtisodiy ta’minlanishning o‘zi go‘zal hayot degani emas, deydi Ozodbek Nazarbekov.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting